---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.28.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support2/m-metro/en/beta_test.md
  - https://yandex.com.tr/support2/m-metro/ru/beta_test.md
  - https://yandex.com.tr/support2/m-metro/tr/beta_test.md
  - https://yandex.com.tr/support2/m-metro/uz/beta_test.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support2/m-metro/uz/llms.txt

# Beta-sinovlar

Yandex Metro jamoasi doimiy ravishda dasturni yaxshilash ustida ishlamoqda. Bu ishda unga boshqalardan oldin yangi funksiyalarni sinab koʻradigan va oʻz taassurotlarini ulashadigan foydalanuvchilar salmoqli yordam berishmoqda. Beta-sinovda istalgan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.

## Beta-sinov nima? {#beta-testing}

Odatda beta-versiyada ommaviy ilovaning barcha xususiyatlari mavjud boʻladi, shuningdek, u bir qator yangi xususiyatlarni oʻz ichiga oladi.

Joriy versiyada mavjud barcha funksiyalar va yangi xususiyatlar ilova sinovga yuborilishidan oldin tekshiriladi. Shunga qaramay, kamchilik yoki xatoliklarni aniqlash ehtimoli qolaveradi. Yandex Metro bunday xatoliklar haqida yuborilgan xabarlarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.

Istalgan vaqtda beta-sinov dasturidan chiqib, ilovaning ayni paytdagi ommaviy versiyasiga qaytish mumkin.

## Beta-sinovda ishtirok etish {#participation-beta-testing}

{% list tabs %}

- iOS platformasi

  **Qanday qilib beta-sinov ishtirokchisiga aylanish mumkin?**

  1. [Avval](https://itunes.apple.com/ru/app/testflight/id899247664?mt=8) App Storedan **TestFlight** ilovasini oʻrnating (bu Apple sinov dasturi).
      
  1. Bu [havolani](https://testflight.apple.com/join/gcATMVWl) bosing
      
      Agar bu vaqtda Yandex Metro ilovasining beta-versiyasi mavjud boʻlsa, uni oʻrnatishingiz mumkin. Agar beta-versiya mavjud boʻlmasa, u platformaga yuklanganda push xabarnomani olasiz.
      
  1. Yandex Metro ilovasining beta-versiyasini sinash ishlarida qatnashish uchun, TestFlight oʻrnatilgandan keyin iPhone yoki iPad qurilmasida aks etgan havolani bosing.

  1. Ilovadan foydalaning va yangi xususiyatlarni sinab koʻring (ularning roʻyxati **TestFlight** ilovasidagi beta-versiya tavsifida keltirilgan).
      
      Aniqlangan xatoliklar va taassurotlaringiz haqida **TestFlight** ilovasidagi **Send Feedback** tugmasi orqali yoki Yandex Metro (**Sozlamalar → Ilova haqida → Aloqa**) orqali xabar berishingiz mumkin.
  
  **Beta-sinovni qanday rad etish mumkin?**

  1. Yandex Metro ilovasining oʻrnatilgan beta-versiyasini oʻchirib tashlang va App Storedan ommaviy versiyani yuklab oling.
      
  1. **TestFlight** ilovasiga kiring, Yandex Metroni tanlab, **Unsubscribe** tugmasini bosing.
  
  Beta-sinov dasturidan chiqasiz va shundan keyin yangi beta-versiyalarning chiqishi haqida hech qanday xabar olmaysiz.

- Android platformasi

  **Qanday qilib beta-sinov ishtirokchisiga aylanish mumkin?**

  Buni ikki xil usul bilan amalga oshirish mumkin:
  
  1. Bu [havolani](https://play.google.com/apps/testing/ru.yandex.metro) bosing va **Sinovda qatnashish** tugmasini bosing.
      
  1. Yandex Metro ilovasining Google Playdagi sahifasiga kiring. Sahifaning pastki qismida joylashgan “Beta-sinovda qatnashish” blokida **Ishtirok etish** tugmasini bosing.
  
  Biroz vaqtdan keyin (bir necha daqiqadan bir necha soatgacha) hozirgi beta-versiyani Google Playdan yuklab olishingiz mumkin boʻladi.
  
  Ilovadan foydalaning va yangi funksiyalarni sinab koʻring (ularning roʻyxati Google Playdagi beta-versiya tavsifida keltirilgan).
  
  Aniqlangan xatoliklar haqida Google Play yoki Yandex Metro ilovasi (**Sozlamalar → Ilova haqida → Aloqa**) orqali beta versiyasiga doir sharhni yuborish orqali xabar berishingiz mumkin.
  
  **Beta-sinovni qanday rad etish mumkin?**

  1. Yandex Metro ilovasining Google Playdagi sahifasiga kiring. Sahifaning pastki qismida joylashgan**Dasturdan chiqish** tugmasini bosing.
      
  1. Yandex Metro ilovasining oʻrnatilgan beta-versiyasini oʻchirib tashlang va Google Playdan ommaviy versiyani yuklab oling.

{% endlist %}

{% include [Yordam xizmatiga](./_includes/batton-8520e7b17f83.md) %}
