---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.31.1
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/translate-desktop/en/document.md
  - https://yandex.com.tr/support/translate-desktop/kk/document.md
  - https://yandex.com.tr/support/translate-desktop/ru/document.md
  - https://yandex.com.tr/support/translate-desktop/tr/document.md
  - https://yandex.com.tr/support/translate-desktop/uz/document.md
keywords:
  - 'y'
  - a
  - 'n'
  - d
  - e
  - x
  - ' '
  - t
  - r
  - j
  - i
  - m
  - o
  - f
  - l
  - q
  - s
  - h
  - ','
  - u
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/translate-desktop/uz/llms.txt


# Hujjatni tarjima qilish

Yandex Tarjimon DOC, DOCX va PDF formatdagi matnli fayllar, XLS va XLSX formatidagi jadvallarni hamda PPT va PPTX formatdagi taqdimotlarni tarjima qila oladi.

Hujjatni tarjima qilish uchun:

1. Hujjatni **Matn** sahifasiga olib keling yoki **Hujjatlar** sahifasiga oʻting va hujjatni tanlang.
    
    {% note alert "Cheklov" %}
    
    Hajmi 5 MB gacha bo‘lgan faylni yuklashingiz mumkin.
    
    {% endnote %}
    
1. Faylni yuklash oynasining yuqorisida hujjatning tili va tarjima qilinadigan tilni tanlang.

1. Hujjat qayta ishlanganda tarjima chiqadi. Siz tarjima tilini oʻzgartirishingiz mumkin.

Tarjimani qurilmada saqlash uchun tarjimaning yuqori oʻng tomonidagi **Yuklab olish** tugmasini bosing. Tarjima asl hujjat formatida saqlanadi.
Asl matn va uning tarjimasini bir vaqtda ko‘rish uchun sahifaning yuqori chap burchagidagi ![](_image/comparison.png) menyuda rejimni almashtiring.


## Muammolarni hal qilish {#error}

{% cut "Hujjat tili birlamchi til bilan bir xil emas" %}

Faylni yuklash oynasining yuqorisida hujjatning tilini bexato tanlang va yana yuklang.

{% endcut %}


{% cut "Hujjat hajmi 5 MB dan ortiq" %}

Faylni qismlarga boʻling yoki [uni siqing](https://clck.ru/JYwLt).

{% endcut %}


{% cut "Hujjat formati mos kelmaydi" %}

Fayl `doc`, `docx`, `pdf`, `xls`, `xlsx`, `ppt` yoki `pptx` kengaytmasiga ega boʻlishi kerak. Agar shunday boʻlmasa, faylni quyidagi formatlardan birida saqlang.

{% endcut %}


{% cut "Internet aloqasi uzildi" %}

Ulanishni tiklang va hujjatni yuklang.

{% endcut %}


{% cut "Tarjimani yuklab olish imkoni boʻlmadi" %}

Internetga ulanishni tekshiring. Agar hammasi joyida boʻlsa, [yordam xizmatiga](https://yandex.com.tr/support/translate-desktop/uz/troubleshooting.md#document-problem-other) siz tarjima qilgan hujjatni yuboring va vaziyatni tasvirlab bering. Biz tarjima nega yuklab olinmaganini tekshiramiz.

{% endcut %}


{% include [Yordam xizmatiga yozish](_includes/support-button-0c3351d9c57c.md) %}

{% include [Также вы можете перейти на сервис](_includes/footer-421349a0d5c9.md) %}
