---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.56.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/translate-app-ios/en/collections.md
  - https://yandex.com.tr/support/translate-app-ios/kk/collections.md
  - https://yandex.com.tr/support/translate-app-ios/ru/collections.md
  - https://yandex.com.tr/support/translate-app-ios/tr/collections.md
  - https://yandex.com.tr/support/translate-app-ios/uz/collections.md
  - href: uz/collections.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords: yandex tarjimon soʻzlarni oʻrganish
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/translate-app-ios/uz/llms.txt


# Termalar

Tarjimalarni termalarda saqlang: bu xorijiy tillarni oʻrganishga yordam beradi. Termalaringizni boshqa foydalanuvchilar bilan ulashishingiz yoki ularning ochiq termalariga obuna boʻlishingiz mumkin.

Mavjud barcha termalarni ochish uchun sahifa yuqorisida joylashgan ![](_image/mobile-collections.png) belgisini bosing.


{% note info %}

Termalar bilan ishlash va ularni qurilmalaringiz orasida sinxronlash uchun ilova sozlamalarida Yandex ID hisobingiz kiring.

{% endnote %}


## Tarjimani termaga saqlash {#save-to-collection}

Ilovada tarjima qilingan har qanday soʻz va iboralar **Tarix** termasiga saqlanadi. Agar tarjima oynasida ![](_image/mobile-favs-icon-android.png) belgini bossangiz, xizmat avtomatik ravishda tarjimani **Saralanganlar** termasiga kiritadi.

Agar siz tarjimani boshqa termaga saqlamoqchi boʻlsangiz, ekranning quyi qismida joylashgan **Boshqa termaga** tugmasini bosing. Kerakli termani tanlang yoki yangisini yarating.


## Terma yaratish {#create-collection}

Termani tarjimani saqlashdagina yaratilmaydi. Terma yaratish uchun:
1. Mavjud termalar menyusida ![](_image/mobile-plus.png) tugmasini bosing.
1. Termaga nom bering.
1. Boshqa foydalanuvchilarga ulashishni istasangiz, termani ommaviy qiling.
1. **Terma yaratish** tugmasini bosing.

Yaratilgan termalardan nusxa olish va ularni tahrirlash mumkin. Termalaringizni barcha qurilmalarda sinxronlash uchun Yandex ID hisobingizga kiring.


## Termaga obuna bo‘lish {#subscribe-to-collection}

Yandex Tarjimon jamoasi yoki boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan mavzuli termalarga obuna boʻlishingiz mumkin:
1. Mavjud termalar menyusida **Ommabop termalar** boʻlimiga kiring.
1. Kerakli termani tanlang.
1. **Obuna qilish** tugmasini bosing.


## Soʻzlarni yodlash {#learn-words}

Xizmatdan chet tilidagi soʻzlarni yodlash uchun foydalanish mumkin:
1. Mavjud termalar menyusida termangizni, **Saralanganlar** termasini yoki oʻzingiz obuna boʻlgan istalgan termani oching.
1. **Soʻzlarni yodlash** tugmasini bosing.
1. Kartalarni varaqlang, soʻzlarni yodlab, natijani kuzating.


## Muammolarni hal qilish {#troubleshooting}


{% cut "So‘z yoki tarjimani Saralanganlarga kirita olmayapman" %}

Ehtimoliy sabablar:
- Siz xizmatga kirmagansiz. Yuqori oʻng burchakdagi ![](_image/mobile-settings.svg)&nbsp;→ **Kirish** tugmasini bosib, hisobni tanlang.
- Birlamchi matn yoki tarjima hajmi maksimal limitdan oshib ketdi — 300 ta belgi.
- Termadagi so‘zlar soni maksimal miqdordan oshib ketdi. Har bir termada maksimal 2500 ta tarjima saqlanadi. Eski yozuvlarni oʻchirib tashlang va yangilarini saqlang.


{% endcut %}

{% cut "Termalarim va obunalarimni koʻrmayapman" %}

Siz xizmatga kirmagansiz. Yuqori oʻng burchakdagi ![](_image/mobile-settings.svg)&nbsp;→ **Kirish** tugmasini bosib, hisobni tanlang.

{% endcut %}

{% cut "Termalar sinxronlanmayapti" %}

Sinxronizatsiya avtomatik ravishda amalga oshiriladi, lekin siz buni mustaqil bajarishingiz ham mumkin. Buning uchun **Termalar** boʻlimiga kiring. Ekranni pastga torting va keskin qoʻyib yuboring.

{% endcut %}



<a href="troubleshooting">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>



