Agar yuklanayotgan fayl tarkibida zararli dastur yoki virus boʻlsa, Brauzer uni bloklaydi. Batafsil axborot bilan Xavfli fayllarni bloklash bo‘limida tanishing.
Agar Brauzer faylni ochishga ruxsat bermasa, lekin unda zararli dastur yoki virus yoʻqligiga ishonchingiz komil boʻlsa, faylni antivirus yordamida tekshiring. Shunda uning xavfsizligiga ishonch hosil qilasiz.
Diqqat
Xavfli faylni ochish uchun tizimda va Brauzerda zararli saytlar va dasturlardan himoyani butunlay oʻchirib qoʻyishingizga toʻgʻri keladi. Biz bunday qilmaslikni qat’iyan tavsiya qilamiz.
O‘ng tarafda Yana → Qayta yuklab olinsin tugmasini bosing.
Fayllar sekin yuklab olinmoqda
Настройки Яндекс Браузера → Kengaytmalar ilovasini oching va barcha kengaytmalarni faolsizlantiring.
Fayllar yuklanishini takrorlang.
Brauzer fayllarni haddan uzoq vaqt tekshiryapti
Diqqat
Siz yuklab olinadigan fayllarni tekshirishni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, ammo buning uchun Brauzerda zararli saytlar va dasturlardan himoya qilishni butunlay o‘chirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Biz bunday qilmaslikni qat’iyan tavsiya qilamiz.
Agar baribir fayllarni tekshirishni o‘chirib qo‘yishni istasangiz:
Yuqori oʻng burchakda Настройки Яндекс Браузера → Sozlamalar tugmasini bosing.
Xavfsizlik bukmarkiga kiring.
Tahdidlardan himoya qilish boʻlimida Kirib chiqilgan saytlar va yuklab olingan fayllarning xavfsizligini tekshirish va Shubhali fayllar va saytlar haqidagi ma’lumotlarni Yandexga yuborish parametrlarini faolsizlantiring.
Rasm WebP formatida yuklab olinadi
Yuklab olinadigan rasm formati serverga bog‘liq. Agar server Yandex Brauzerni Webpni taniydigan dastur sifatida aniqlagan bo‘lsa, u WebP formatini hosil qiladi. Bunday holatda Brauzer formatni tanlashga ta’sir qila olmaydi.
Hamma joyda ham rasmlar WebPga yuklab olinavermaydi. Misol uchun, Yandex Rasmlardan olingan rasm JPEG formatida saqlanadi.