---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.57.4
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/en/personal-settings/site-appearance.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/kk/personal-settings/site-appearance.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/ru/personal-settings/site-appearance.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/tr/personal-settings/site-appearance.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/personal-settings/site-appearance.md
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/personal-settings/site-appearance.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/llms.txt
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/llms.txt


# Sahifalarni qulay o‘qish

Sahifalarni  planshetda o’qish qulay bo’lishi uchun o’qish rejimidan foydalaning, veb-sayt versiyalarining biridan ikkinchisiga o’ting va matn masshtabini o’zgartiring.



## Mutolaa rejimi {#read-mode}

_Mutolaa rejimi_ ‒ bu ekranda faqat matn va uning tasvirini (video) ko‘rish rejimi. Sahifaning qolgan elementlari (sayt boshqaruv elementlari yoki ijtimoiy tarmoq elementlari) yashiriladi.

#### **Mutolaa rejimiga kirish**
 
:   Aqlli satrning o’ng tomonidagi ![](../_assets/read-mode-tibar-icon.png) tugmasini bosing yoki ![](../_assets/promo-settings-icon.svg) → **O’qish rejimiga o’tish** bandini tanlang.
    
    {% note alert "Cheklov" %}
    
    Agar sahifa menyusidagi **O’qish rejimiga o’tish** satri — kulrang va [Aqlli qatorning](../navigation/search.md#smartbox) o’ng tomonida belgi bo’lmasa, bu sahifa uchun o’qish rejimini yoqib bo’lmaydi.
    
    {% endnote %}

#### **Mutolaa rejimidan chiqish**
 
:   Aqlli satrning o‘ng tomonida ![](../_assets/stop-read-mode-tibar-icon.png) belgisini bosing.




## Sahifaning boshiga o‘tish {#to-beginning}

Sahifaning boshiga qaytish uchun nashrning pastki o‘ng burchagida ![](../_assets/to-beginning-icon.png) tugmasiga bosing. Nashrni oxirigacha o‘qiganingizda tugma ekranda chiqadi. Uni maqolani pastga, keyin esa tepaga aylantirib ham chaqirish mumkin.

O’tish tugmasini yashirish uchun:

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-4.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Sozlamalar**  tugmasini bosing.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-4.md -->

1. **Qo‘shimcha** bo’limida **Sahifa boshiga qaytish strelkasi** parametrini faolsizlantiring.



## Matnni ko’chirish {#wrap-on}

Agar siz saytdagi sahifa masshtabini oshirsangiz, matn ekrandan tashqariga chiqishi mumkin. **Matnni rostlash** parametrini yoqing va gapni o‘qish uchun ekranni chapga va o‘ngga surishingiz shart bo‘lmaydi.

#### **Matnni rostlashni yoqish**

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-4.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Sozlamalar**  tugmasini bosing.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-4.md -->

1. **Masshtab va matnni rostlash** bo’limida **Matnni so‘zlar asosida rostlash** parametrini yoqing.





## Matn masshtabi {#scale}

Siz sahifadagi shriftni yirikroq yoki maydaroq qilishingiz mumkin:



{% list tabs %}

- Barcha saytlar uchun
  
  1. <!-- source: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-4.md -->
     ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Sozlamalar**  tugmasini bosing.
     <!-- endsource: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-4.md -->

  1. **Masshtab va matnni rostlash** bo’limida slayder bilan qulay masshtabni belgilang.
  
  Agar **Matnni soʻzlar boʻyicha koʻchirish** parametri yoqilgan boʻlsa, slayder faol boʻlmaydi. Matn masshtabini oʻzgartirish uchun [uni faolsizlantiring](#wrap-on).
  
- Bitta veb-sayt uchun
  
  1. Shrift o’lchamini o’zgartirish kerak bo’lgan veb-saytni oching.
  
  1. ![](../_assets/promo-settings-icon.svg) → **Matn masshtabini o’zgartirish** tugmasini bosing.
  
  1. Qalqib chiqadigan oynada quyidagini bosing:
![](../_assets/reader-minus-icon.svg) – masshtabni kichraytirish.

      ![](../_assets/reader-plus-icon.svg) – masshtabni kattalashtirish;

      **Asliga qaytarish** – masshtabni birlamchi holatga qaytarish.
  
  Oʻzgarishlardan keyin sayt **Masshtab va matnni koʻchirish** boʻlimidagi **Saytlar roʻyxati** guruhida paydo boʻladi.

{% endlist %}




{% note info %}

Ayrim saytlar brauzerlarning matn masshtabini o‘zgartirishiga ruxsat bermaydi. Ushbu taqiqni olib tashlash uchun **Masshtab va matnni rostlash** bo’limida **Saytlarning masshtablashni taqiqlash so‘rovlarini e’tiborsiz qoldirish** parametrini yoqing.

{% endnote %}








## Saytning butun versiyasi {#full-version}

Standart holatda Brauzerda saytlarning mobil versiyalari aks ettiriladi. To’liq versiyasini ochish uchun ![](../_assets/promo-settings-icon.svg) → **Kompyuter versiyasi**.

Mobil versiyaga qaytish uchun Aqlli satrning o’ng tomonidagi ![](../_assets/stop-desktop-tibar.png) tugmasini bosing.






<!-- {% include [form](../_includes/reusables/forms-and-buttons/id-form/form.md) %} -->

<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
