---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/en/devices/sync.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/kk/devices/sync.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/ru/devices/sync.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/tr/devices/sync.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/devices/sync.md
  - href: uz/devices/sync.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/llms.txt


# Brauzerni qurilmalar orasida sinxronlash


{% note alert %}

Sinxronlash turli brauzerlar orasida ishlamaydi, masalan, Yandex Brauzer va Google Chrome orasida.

{% endnote %}


_Sinxronlash_ ‒ bu qurilmalaringizdagi brauzerlar o‘rtasida ma’lumot almashish. Ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun Yandex serveri ishlatiladi, u yerga ma’lumotlar himoyalangan kanal orqali, parollar esa ‒ [shifrlangan shaklda](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/security/passwords-management.md) uzatiladi. Serverdagi ma’lumotlar Yandex xizmatlarida ishlatiladigan avtorizatsiya tizimi bilan himoyalangan. Sinxronlash qurilma yo‘qolsa yoki buzilsa, barcha qurilmangizga kirish va ma’lumotlarni tiklash imkonini taqdim etadi.


## Sinxronlash qanday ishlaydi {#whatis}

Standart holatda  bukmarklar, parollar, matn kiritish shakllari, ochiq varaqlar, bulutdagi varaqlar guruhlari va tarix sinxronlanadi.




Sinxronlashni yoqqaningizdan keyin serverda saqlanadigan ma’lumotlarni o‘zgartirganingizda u har gal amalga oshiriladi. Masalan: planshetga bukmark qo‘shyapsiz ‒ Brauzer uni serverga yuboradi va bir vaqtda siz qurilmalarga kiritgan barcha o‘zgarishlarni bir vaqtda yuklab oladi (oxirgi sinxronlash vaqtidan boshlab).

Sinxronizatsiya quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- Brauzerni barcha qurilmalaringizda bir xil tarzda sozlash;
- hatto qurilmangiz ishdan chiqqanda ham parollar, karta maʼlumotlari, varaqlar va matn kiritish shakllarini tiklash;
- sinxronlangan qurilmalarda [ochiq varaqlar](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/navigation/tabs.md#tabs-devices), bulutdagi [varaqlar guruhlari](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/navigation/tab-groups.md#create) va [bukmarklarni](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/navigation/bookmark.md#bookmarks-devices)ni ko’rish;
- sinxronlangan qurilmalarda [shakllarni avtomatik kiritish](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/privacy/autofill.md) va [tarix](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-tablet/uz/navigation/browsing-history.md)dan foydalanish.

Istalgan vaqtda sinxronlashni [faolsizlantirishingiz](#off) yoki sinxronlamoqchi bo‘lgan [ma’lumotlar ro‘yxatini o‘zgartirishingiz](#settings) mumkin.


## Sinxronlashni yoqish {#on}

Quyidagi shartlar bajarilganida sinxronlash ishlaydi:

- Barcha qurilmalarda (kompyuter, smartfon, planshet) Yandex Brauzer o‘rnatilgan;
- Barcha qurilmalarda [Yandex ID](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/registration.html) bir xil bo’lsa.



Sinxronizatsiyani yoqish uchun:


1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-2-3-pad.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg)&nbsp;→ ![](../_assets/shestern.svg)&nbsp;→ **Sinxronlashni yoqish** tugmasini bosing.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-2-3-pad.md -->
    
1. Login va parolingizni kiriting yoki ro‘yxatdan hisobni tanlang.
    
    {% note info %}
    
    Agar siz Yandexda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, siz sinxronlashni yoqolmaysiz, chunki serverdagi ma’lumotlar [Yandex IDda](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/registration.html) saqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun **Registratsiya** tugmasini bosing va hisob parametrlarini to‘ldiring.
    
    {% endnote %}
    
1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-8.md -->
   **Kirish** tugmasini bosing.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-8.md -->
    

Sinxronlangan ma’lumotlar ro‘yxatiga o‘tish uchun ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → ![](../_assets/shestern.svg) → **Sinxronlash** tugmasini bosing.


## Sinxronlanadigan ma’lumotlar ro’yxatini o’zgartirish {#settings}

1. <!-- source: uz/_includes/phrases.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg)&nbsp;→ ![](../_assets/shestern.svg)&nbsp;→ **Sinxronlashni yoqish** tugmasini bosing. {#sync-4-3-pad}
   <!-- endsource: uz/_includes/phrases.md -->

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-6.md -->
   Xususiyatni shunday oʻrnatingki, u faqat kerakli ma’lumotlarni sinxronlasin.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-6.md -->



## Sinxronlashni faolsizlantirish {#off}


1. <!-- source: uz/_includes/phrases.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg)&nbsp;→ ![](../_assets/shestern.svg)&nbsp;→ **Sinxronlashni yoqish** tugmasini bosing. {#sync-4-3-pad}
   <!-- endsource: uz/_includes/phrases.md -->

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-7-android.md -->
   **Sinxronlashni faolsizlantirish** tugmasini bosing.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-7-android.md -->






<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->