---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/en/privacy/cache.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/kk/privacy/cache.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/ru/privacy/cache.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/tr/privacy/cache.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/uz/privacy/cache.md
  - href: uz/privacy/cache.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/uz/llms.txt


# Kesh

_Brauzer keshi_ (cache) — siz tashrif buyurgan sahifalardan ayrim ma’lumotlarning nusxalari saqlanadigan jild. Odatda keshda ikkita so‘rov o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida o‘zgarishi mumkin bo‘lmagan sahifa elementlari saqlanadi: musiqa, video, rasm, uslublar, skriptlar. Siz ayni sahifani yana bir bor ochganda brauzer internetdan ma’lumot so‘ramaydi, shunchaki ularni keshdan oladi. Sahifa tezroq ochiladi, tarmoqqa yuklama kamayadi.

## Keshni tozalash {#clear}

<!-- source: uz/_includes/cache-include.md -->
1. <!-- source: uz/_includes/phrases.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → ![](../_assets/shestern.svg) ustiga bosing. {#click-sett-shestern}
   <!-- endsource: uz/_includes/phrases.md -->
    
1. **Maxfiylik** rukniga kiring.
    
1. <!-- source: uz/_includes/phrases.md -->
   **Ma’lumotlarni tozalash** tugmasini bosing. {#click-clear-data}
   <!-- endsource: uz/_includes/phrases.md -->
    
1. **Keshni** belgilang.
    
1. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat Brauzer keshini tozalashni istasangiz).
    
1. <!-- source: uz/_includes/phrases.md -->
   **Ma’lumotlarni tozalash** tugmasini bosing. {#click-clear-data}
   <!-- endsource: uz/_includes/phrases.md -->
    
    
1. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.
<!-- endsource: uz/_includes/cache-include.md -->


## Keshni SD-kartaga uzatish {#sd}

Odatda kesh smartfonning ichki xotirasiga yozib olinadi. Ichki xotirada bo‘sh joyni tejash uchun keshni [SD-kartaga](https://ru.wikipedia.org/wiki/Secure_Digital) ko‘chirish mumkin. U Brauzer talablariga javob berishi lozim. Ilova keshni ko‘chirmoqchi bo‘lganingizda kartani tekshiradi.


{% note alert %}

Tashqi xotiraga nusxalangan axborotlardan har qanday tashqi ilovalar, shu jumladan, zararli dasturlar ham foydalana oladi. Shuning uchun Brauzer keshni shifrlangan shaklda kartaga uzatadi.

{% endnote %}


#### Keshni uzatish funksiyasini yoqish
 
1. <!-- source: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-4.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → ![](../_assets/shestern.svg) tugmasini bosing.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-4.md -->
        
1. **Qo‘shimcha** bo‘limida **SD-kartada keshni saqlash** parametrini yoqing.

1. Ilova SD-kartani tekshirishini kuting. Bunga bir necha daqiqa vaqt ketishi mumkin.

1. Agar SD-kartangiz mos kelsa, oynada quyidagini tanlang:
        - **Qayta ishga tushirish** tugmasi Brauzerni zudlik bilan qayta ishga tushirish va keshni SD-kartaga yozishni boshlash uchun xizmat qiladi.
        - **Keyinroq** tugmasi brauzerni qayta ishga tushirish va keshni ko‘chirish amalini kechiktirish uchun xizmat qiladi. Brauzer qayta ishga tushirilgach, kesh uzatiladi. Ungacha u ichki xotiraga yoziladi.

    {% note info %}
    
    Agar bunday funksiya bo’lmasa, u qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi yoki sizdagi Android versiyasida dastaklanmaydi.
    
    {% endnote %}

#### Keshni avtomatik uzatish
 
:   Agar uzatish funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, ilova har gal ishga tushganda, Brauzer o‘rnatilganda yoki yangilanganda SD-kartaga yozish imkoniyati tekshiriladi. Agar ruxsat mavjud bo‘lsa, kesh avtomatik ravishda SD-kartaga uzatiladi.

#### SD-kartani chiqarsa nima yuz beradi
 
:   Karta chiqarilgach, kesh ichki xotiraga yoziladi.
    
    Brauzer ishlayotgan vaqtda xotira kartasi chiqarilsa, Brauzer ishlashda davom etadi va kesh u qayta ishga tushirilguncha saqlanmaydi. Brauzer qayta ishga tushirilgach, kesh smartfonning ichki xotirasida yozilishni boshlaydi.



<!-- {% include [form](../_includes/reusables/forms-and-buttons/id-form/form.md) %} -->

<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->




