---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/en/security/passwords-management.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/kk/security/passwords-management.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/ru/security/passwords-management.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/tr/security/passwords-management.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md
  - href: uz/security/passwords-management.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/llms.txt


<!-- source: uz/_includes/macOS.md -->
#|
||
**macOS foydalanuvchilariga**

MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz.

MacOS uchun brauzer [asosiy versiya Yordam sahifasida](https://yandex.uz/support/browser/uz/) tavsiflangan.
||
|#
<!-- endsource: uz/_includes/macOS.md -->

# Neyroprotekt: parollarni shifrlash

Firibgarlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga yoki ularning elektron hamyonlariga kirish uchun parollarni o‘g‘irlashga harakat qilishadi. Yaxshisi [parollarni saqlashni](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords.md) shifrlangan shaklda amalga oshirish lozim ‒ shunda xakerlar ularni bilib olganda ham ishlata olmaydi.

## Brauzerda parollarni shifrlash {#passwords-crypt}

Parollar seyfi [AES-256-GCM](https://ru.wikipedia.org/wiki/Advanced_Encryption_Standard) algoritmi yordamida [kalitdan](https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BB%D1%8E%D1%87_(%D0%BA%D1%80%D0%B8%D0%BF%D1%82%D0%BE%D0%B3%D1%80%D0%B0%D1%84%D0%B8%D1%8F)) foydalanib shifrlanadi. AES-256 algoritmi ishonchli hisoblanadi, AQSH milliy xavfsizlik agentligi uni “Top Secret” darajasidagi davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni himoya qilish uchun tavsiya qiladi.

Lekin xaker shifrlash kalitini bilsa, hatto eng murakkab shifrlash algoritmi ham parollaringizni himoya qilmaydi. [Asosiy parol](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#master-password) shifrlash kalitiga kuchli himoya o‘rnatish imkonini beradi.


{% list tabs %}

- Asosiy parol bilan


  Kalit [asosiy parol](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#master-password) yordamida shifrlanadi. Agar Asosiy parolni unutgan bo‘lsangiz, uni [zaxira shifrlash kaliti](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#restore-key) orqali qayta tiklashingiz mumkin.

  Asosiy parol qurilmalarda saqlanmaydi, shuning uchun uni o‘g‘irlash mumkin emas. Quyidagilar sizga qoʻrqinchli boʻlmaydi:

  - kompyuterdan parol ombori o‘g’irlanishi;
  - kompyuterni oldirib qoʻyish yoki yoʻqotish tufayli parollarni yoʻqotish;
  - Yandex serverida maʼlumotlarni saqlash (shifrlash shunday tashkil etilganki, hatto Yandex ham sizning parollaringizni shifrdan chiqara olmaydi).


- Asosiy parolsiz


  Ushbu himoya usuli ishonchsizroq, chunki:

  - Har bir kishi kompyuteringizda [(Yandex.Brauzerning beta versiyasi)](https://browser.yandex.uz/beta/) ochib, parollarni [menejerda](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-manager.md) osongina ko‘rishi mumkin.
  - Shifrlash kaliti asosiy parol bilan emas, balki operatsion tizim bilan himoyalanadi. Kompyuterga kirish ruxsatini olib, xakerlar sizning parollaringizni o‘g‘irlashi va shifrdan chiqarishi mumkin.
  - Qurilmalaringizni sinxronlash paytida Yandex parollarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

  Agar asosiy parolni sozlamasangiz, parollarga kirish uchun Brauzer operatsion tizimdagi hisobingizdan parolni soʻraydi (agar u mavjud boʻlsa). Bu quyidagi harakatlarga tegishli:

  #|
  ||**Amal** | **Tizim parolini toʻgʻri kiritish** | **Tizim parolini notoʻgʻri kiritish**||
  ||Parolni nusxalash | Parol vaqtincha xotiraga nusxalanadi | Parol nusxalanmaydi||
  ||Parolni oʻzgartirish | Parolni tahrirlash oynasi ochiladi | Parol oʻzgarishsiz qoladi||
  ||Asosiy parolni yaratish | Asosiy parolni yaratish oynasi ochiladi | Asosiy parol yaratilmayapti||
  |#

  Bu kompyuter qarshisida begona emas, balki uning egasi oʻtirganiga ishonch hosil qilish uchun qoʻshimcha xavfsizlik chorasidir. Funksiya Windows uchun Brauzerda ishlaydi.

{% endlist %}

Parollarni shifrlash haqida batafsil ma’lumot haqida [Yandex Brauzerda parollarni shifrlash](https://yandex.ru/support/browser-passwords-crypto/) hujjatidan bilib oling.


## Asosiy parol {#master-password}

Asosiy parol parollaringizga qo‘shimcha xavfsizlik darajasini beradi. Asosiy parolni yaratganingizdan soʻng, Brauzer parollar omborini ochishga uringaningizda yoki saytdan avval saqlangan parolni avtorizatsiya oynasiga qo‘yganingizda uni so‘raydi.

Saytlardagi juda ko‘p parollar o‘rniga faqat bitta asosiy parolni eslab qolishingiz kifoya boʻladi. Shu bilan birga, saytlar parollari yaxshi himoyalangan bo‘ladi. Omborga kirish asosiy parol bilan bloklanadi, uni o‘g‘irlash mumkin emas, chunki u qurilmalarda saqlanmaydi.

[Asosiy parolni yaratish](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#create)

[Asosiy parolni o‘zgartirish](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#change)

[Asosiy parolni o‘chirib tashlash](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#delete)

[Asosiy parolni so‘rash muntazamligi](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#frequency)

[Asosiy parolni unutgan bo‘lsangiz](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#restore)


### Asosiy parolni yaratish {#create}

1. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

1. **Avtomatik toʻldirish sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Parollar va kartalar shifrlanmagan** ruknida **Asosiy parol yaratish** tugmasini bosing.
1. Agar kompyuterdagi hisobingiz uchun paroldan foydalanayotgan bo‘lsangiz, tizimning parol so‘rov oynasiga uni kiriting.
1. Kamida 6 ta belgidan iborat asosiy parolni kiriting. [Murakkab](https://yandex.uz/support/id/uz/security#password-done-right), lekin oson eslab qolinadigan parollardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
1. Tasdiqlash uchun asosiy parolni qayta kiriting.
1. Agar siz asosiy parolni unutsangiz, omborga kirishni tiklash uchun [zaxira shifrlash kalitini](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#restore-key) yarating.

Endi Brauzerda sayt uchun parolni saqlash va [menejerni](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-manager.md) ochish faqat asosiy parolni kiritgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Asosiy parol na kompyuterda, na serverda saqlanmaydi. Faqat [uning yordamida shifrlangan](https://yandex.ru/support/browser-passwords-crypto/ru/with-master.html#procedure) kalit saqlanadi.

### Asosiy parolni o‘zgartirish {#change}

1. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

1. Joriy asosiy parolni kiriting.
1. **Avtomatik toʻldirish sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Parollar va kartalar shifrlangan** ruknida **Asosiy parolni almashtirish** tugmasini bosing.
1. Ochilgan oynada joriy asosiy parolni kiriting.
1. Kamida 6 ta belgidan iborat yangi asosiy parolni kiriting. [Murakkab](https://yandex.uz/support/id/uz/security#password-done-right), lekin oson eslab qolinadigan parollardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
1. Tasdiqlash uchun yana bir bor asosiy parolni kiriting.

Shundan keyin asosiy parol bilan shifrlangan kalit [qayta shifrlanadi](https://yandex.ru/support/browser-passwords-crypto/ru/with-master.html#change) va keyingi [maʼlumotlarni saqlash va almashish](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/device/sync.md)da boshqa qurilmalaringizga uzatiladi. Asosiy parol na kompyuterda, na serverda saqlanmaydi.

### Asosiy parolni o‘chirib tashlash {#delete}

1. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

1. Joriy asosiy parolni kiriting.
1. **Avtomatik toʻldirish sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Parollar va kartalar shifrlangan** nomli menyuda **Asosiy parolni oʻchirish** tugmasini bosing.
1. Ochilgan oynada tasdiqlash uchun asosiy parolni kiriting.

Shundan keyin Brauzer parollarga kirish uchun asosiy parolni so‘rashni to‘xtatadi. [Maʼlumotlarni ulashish](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/device/sync.md) boshqa qurilmalaringizdagi asosiy parolni oʻchirib tashlaydi.

### Asosiy parolni so‘rash muntazamligi {#frequency}

Brauzer yangi parollarni saqlashda, avtorizatsiya oynalariga parollarni avtomatik ravishda qoʻyishda, shuningdek, parollar omborini ochishga urinishda asosiy parolni soʻraydi. Asosiy parol so‘rovining muntazamligini Brauzerda sozlashingiz mumkin:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

1. Joriy asosiy parolni kiriting.
1. **Avtomatik toʻldirish sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Parollar va kartalar shifrlangan** boʻlimidagi **Parollar va kartalarga kirish uchun asosiy parolni soʻrash** maydonida kerakli chastotani tanlang:

    - Brauzer qayta ishga tushirilgach;
    - kompyuter blokirovka qilinganidan keyin;
    - soatiga bir marta;
    - 5 daqiqada bir marta.

    Asosiy parol qanchalik koʻp so‘ralsa, ombor himoyasi shunchalik ishonchli boʻladi.
1. Ochilgan oynada tasdiqlash uchun asosiy parolni kiriting.

Bundan tashqari, asosiy parol so‘rovini faolsizlantirishingiz mumkin. Buning uchun **Parollar va kartalarga kirish uchun asosiy parol talab qilinsin** parametrini faolsizlantiring. Brauzer parol omboriga kirish uchun asosiy parolni so‘rashni to‘xtatadi. Shu bilan birga:

- Asosiy parol o‘chirilmaydi, lekin ma’lumotlar bazasiga shifrlangan shaklda yoziladi. Shifrlash kaliti kompyuterda saqlanadi va operatsion tizim bilan himoyalangan.
- Avval saqlangan parollar Asosiy parol bilan shifrlangan bo‘lib qoladi. Yangi parolni saqlashda yoki eskisini shifrdan chiqarishda, Brauzer foydalanuvchidan so‘ramasdan eski asosiy paroldan foydalanadi.
- Sinxronizatsiya paytida barcha parollar shifrlangan shaklda boshqa qurilmalaringizga yuboriladi. Ularda bu parollar avtorizatsiya oynalariga qoʻyiladi va ularni rasshifrovka qilish uchun asosiy-parolni kiritishingiz kerak boʻladi.
- Qurilmalaringizning har birida asosiy parol so‘rovini qo‘lda o‘chirib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Bu sizning xavfsizligingiz uchun qilingan – biror begona shaxs qurilmalaringizdan birortasiga yoʻl topsa ham parollaringizdan foydalana olmaydi.

### Asosiy parolni unutgan bo‘lsangiz {#restore}

Agar siz asosiy parolni unutgan bo‘lsangiz va sizda [zaxira shifrlash kaliti](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#restore-key) bo‘lsa:

1. Asosiy parolni kiritish maydonida **Parolni eslay olmayapman** tugmasini bosing.
1. Ochilgan oynada, **Asosiy parolni tiklash** opsiyasini yoqing. **Davom etish** tugmasini bosing.
1. Kamida 6 ta belgidan iborat yangi asosiy parolni kiriting. [Murakkab](https://yandex.uz/support/id/uz/security#password-done-right), lekin oson eslab qolinadigan parollardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
1. Tasdiqlash uchun yangi Asosiy parolni yana bir bor kiriting. **Davom etish** tugmasini bosing.
1. Yandex ID sahifasida Yandex hisobining parolini kiriting.
1. Shundan keyin asosiy parol yangilanadi, ombordagi barcha parollar esa qayta shifrlanadi.

Agar siz asosiy parolni va zaxira shifrlash kalitini unutgan bo‘lsangiz, Brauzer parollaringizni tiklay olmaydi. Ularni avtorizatsiya oynalariga qoʻyishni toʻxtatadi va siz ularni [menejer](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-manager.md#view-edit-delete) orqali koʻra olmaysiz. Siz faqat shifrlash kaliti bilan birga barcha parollarni o‘chirib tashlashingiz kerak bo‘ladi. Agar kompyuterda hisob qaydnomasi parolidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, parolni olib tashlash huquqini tasdiqlash uchun uni kiritish kerak bo‘ladi.


## Shifrlash zaxira kaliti {#restore-key}

Asosiy parol yanada ishonchli [parollarni himoyalash](#passwords-crypt) uchun zarur, lekin uni unutib qo’ysangiz nima qilish kerak? Brauzerda asosiy parolni tiklashning qulay va [ishonchli usuli](https://yandex.ru/support/browser-passwords-crypto/with-master.html#restore-key) mavjud.

Asosiy parol faqat yopiq kalitni ochish uchun kerak, shuning uchun agar sizda yopiq kalitning nusxasi — zaxira shifrlash kaliti bo’lsa, uni chiqarib olishingiz va yangi asosiy parol bilan shifrlashingiz mumkin.

Baʼzi parol menejerlari foydalanuvchiga zaxira shifrlash kalitini (baʼzan QR-kod ko’rinishida) qog‘ozda chop etilgan holda saqlashni taklif qiladi. Bu usul yetarlicha xavfsiz emas, chunki bosma qog‘oz oʻg‘irlanishi yoki yoʻqolishi mumkin. Shuning uchun zaxira shifrlash kalitini qurilmangizda saqlaymiz va uni serverda saqlanadigan boshqa kalit bilan qo’shimcha ravishda shifrlaymiz. Shu bilan birga, serverdagi kalitdan faqat Yandex ID parolini kiritgandan keyingina foydalanish mumkin. Xaker tomonidan bir vaqtning o’zida qurilmaning zaxira kaliti, serverdagi kalit va Yandex ID parolining o‘g’irlanishi ehtimoli past.

![](../_image/spare-key.svg)

Agar [asosiy parolni](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/passwords-management.md#master-password) unutgan bo‘lsangiz, parollarni faqat shifrlash zaxira kaliti yordamida tiklay olasiz. Uni yaratish uchun hisobingizdagi parollar saqlanib qolinayotganini tekshirib koʻring:

1. Yuqori o‘ng burchakda profilingiz rasmini ![Profil rasmi](../_image/profile-icon.svg) → **Brauzerdagi profilim** ustiga bosing.

1. **Profilim** oynasida **Ma’lumotlarni boshqarish** bandini bosing.

1. **Parol va karta** sozlamasi yoqilganini tekshiring. Agar yoqilmagan boʻlsa, yoqing. Bu xavfsiz: parollar Yandex serveridagi hisobingizda shifrlangan holda saqlanadi.

Asosiy parolni qayta tiklash uchun sizga zaxira kalitdan tashqari maxsus fayl ham zarur. Asosiy parol birinchi marta kiritilganda u avtomatik ravishda yaratiladi va qurilmada saqlanadi. Shuning uchun hatto Yandex ham parollaringizni shifrdan chiqara olmaydi.

Kirish imkoniyatini tiklash jarayonida [sizning Yandex ID](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/registration.html)ga tegishli parolni kiritish talab etiladi. Firibgar bir vaqtning o‘zida server kalitini, qurilmadagi faylni va Yandex hisobi parolini o‘g‘irlashi ehtimoli juda past.

Zaxira shifrlash kalitini yaratish uchun:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Parollar va ma’lumotlar** tugmasini bosing.

1. Joriy asosiy parolni kiriting.
1. **Avtomatik toʻldirish sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Parollar va kartalar shifrlangan** boʻlimida **Asosiy parolni tiklash imkoniyatini yoqish** tugmasini bosing.
1. Joriy asosiy parolni kiriting va **Davom etishni** bosing.
1. Ochilgan oynada **Yoqish** tugmasini bosing.

Brauzer zaxira shifrlash kaliti yaratilgani haqida xabar beradi.

Uni o‘chirish uchun parollar menejeri sozlamalarida bosing **Asosiy parolni tiklash imkoniyatini o‘chirish** tugmasini bosing.



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

