---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.6
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/en/security/check-extensions.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/kk/security/check-extensions.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/ru/security/check-extensions.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/tr/security/check-extensions.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/check-extensions.md
keywords:
  - Kengaytma.
  - Qoʻshimchalar.
  - Yandex brauzer kengaytmasini faolsizlantirish.
  - Yandex kengaytmalarni faolsizlantiradi.
  - Yandex brauzerda qo‘shimchalar ishlamay qoldi.
  - Yandex brauzer qo‘shimchalarni yashirmoqda.
  - Yandex brauzer qo‘shimchalarni faolsizlantirmoqda.
  - Yandex brauzer qo‘shimchalarni bloklamoqda.
  - Yandex brauzer kengaytmalarni bloklamoqda.
  - Yandex brauzerda qo‘shimchalar ishlamayapti.
  - Yandex brauzerda kengaytmalar ishlamayapti.
  - Yandex brauzerda qo‘shimcha ishlamayapti.
  - Yandex brauzerda qo‘shimchalar o‘rnatilmayapti.
  - Yandex brauzerda kengaytmalar o‘rnatilmayapti.
  - Yandex brauzerda qo‘shimchalar yoqilmayapti.
  - Yandex brauzerda qo‘shimchalar o‘chib qolyapti.
  - Nima uchun yandex brauzerda qo‘shimchalar ishlamayapti.
  - Nima uchun yandex brauzerda kengaytmalar ishlamayapti.
  - Nima uchun yandex brauzerda kengaytmalar o‘rnatilmayapti.
  - Kengaytma xatosi yandex brauzer.
  - Kengaytma yandex brauzerdan avtomatik o‘chirildi.
  - Nima uchun Yandex brauzer kengaytmalarni bloklamoqda.
  - Yandex qo‘shimchasini tekshirish.
  - Zararli qo‘shimchalar.
  - Qo‘shimcha brauzer sozlamalaridagi o‘zgartirmoqda.
  - Kengaytma foydalanuvchini kuzatmoqda.
  - Kengaytmaning sayt ma’lumotlariga kirishi yandex brauzer.
  - Xavfli qo‘shimchalarni faolsizlantirish yandex brauzer.
  - Yandex brauzer potensial xavfli kengaytmani blokladi.
  - Yandex ehtimoliy xavfli kengaytma o‘rnatilishini blokladi.
  - Yandex brauzer kengaytmaning o‘rnatilishini blokladi.
  - Yandex brauzer kengaytmani blokladi.
  - Yandex brauzer faolsizlantirilgan kengaytmalarni yoqadi;
  - Yandex brauzer kengaytma o‘rnatilishini bloklaydi qanday o‘chiriladi.
  - Mening kengaytmamni yandex brauzerda o‘chib qolmoqda.
  - Yandex brauzer xavfli kengaytmalarni faolsizlantirish.
  - Yandeks brauzerida ishonchsiz manbalardan qo‘shimchalarni faolsizlantirish.
  - Yandex brauzerida ishonchsiz manbalardan qo‘shimchalarni faolsizlantirish.
  - Agar brauzer yandeks brauzerda siz ishlab chiqayotgan qo‘shimchani faolsizlantirsa.
  - Agar brauzer yandex brauzerda siz ishlab chiqayotgan qo‘shimchani faolsizlantirsa.
  - Yandeks brauzer kengaytmasini yuklashda xatolik yuz berdi.
  - Soxta qo‘shimchalarni bloklash.
  - Qo‘shimchalarning haqiqiyligini tekshirish.
  - Yandeks brauzer kengaytmasining haqiqiyligi tekshirilmadi.
  - Yandeks mening kengaytmamni blokladi.
  - Qanday faolsizlantiriladi kengaytmaning haqiqiyligi tekshirilmadi.
  - Yandeks brauzerida qo‘shimchaning haqiqiyligini tekshirish.
  - Yandex brauzerida qo‘shimchaning haqiqiyligini tekshirish.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/llms.txt


<!-- source: uz/_includes/macOS.md -->
#|
||
**macOS foydalanuvchilariga**

MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz.

MacOS uchun brauzer [asosiy versiya Yordam sahifasida](https://yandex.uz/support/browser/uz/) tavsiflangan.
||
|#
<!-- endsource: uz/_includes/macOS.md -->

# Protect: xavfsizlik kengaytmalari


<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->


{% note alert %}

**SaveFrom.net**, **Frigate** kengaytmalari va boshqalar xatarli va g‘arazli xatti-harakat tufayli faolsizlantirilgan.

{% endnote %}


[Yandex Brauzerning beta versiyasi](https://browser.yandex.uz/beta/) turli xil internet tahdidlaridan himoya qiladigan, keng qamrovli [Protect](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/protection.md) himoya tizimidan foydalanadi. Brauzer zararli kengaytmalarni aniqlaydi va bloklaydi, shuningdek, zararli dasturlarning oldindan o‘rnatilgan foydali kengaytmalarga kiritilmasligini ta’minlaydi.


{% note info %}

[Kengaytmalarni](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/personalization/extension.md) tekshirish faqat Windows’da amalga oshiriladi.

{% endnote %}


## Zararli kengaytmalar nimasi bilan xavfli {#bad-extensions}

[Kengaytmalar](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/personalization/extension.md) — bu brauzerga yangi funksiyalarni qo‘shadigan mini-dasturlar. Kengaytmalar nafaqat brauzer ishlab chiquvchilari, balki uchinchi tomon dasturchilari tomonidan ham yaratiladi.

Zararli kengaytmalar ko‘proq xakerlar tomonidan yaratiladi. Brauzerda Protect tizimi kiritilishidan oldin yordam xizmatiga tushadigan murojaatlarning uchdan biri shu muammo haqida edi.

Zararli kengaytmalar:

- brauzer interfeysi va sozlamalarini o‘zgartiradi;
- saytllarda qo‘shimcha reklama joylashtiradi;
- saytlarda oddiy reklamalarni soxtasiga almashtiradi;
- sizning harakatlaringizni kuzatadi;
- ijtimoiy tarmoqlarga sizning nomingizdan xabarlar yuklaydi;
- [shaxsiy ma’lumotlaringizni](https://yandex.uz/support/common/uz/security/phishing.html) o‘g‘irlaydi;
- kompyuterda sizdan beruxsat [kriptovalyuta mayningi](https://ru.wikipedia.org/wiki/Майнинг) bilan shug‘ullanadi.

Antiviruslar zararli kengaytmalarni yomon aniqlaydi, chunki barcha kengaytmalar brauzer ichida ishlaydi va kompyuterning operatsion tizimiga ta’sir qilmaydi.


## Brauzer kengaytmalar xavfsizligini qanday ta’minlaydi {#check}

Foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish uchun Brauzer:

- **Faqat tasdiqlangan manbalardan** — onlayn do‘konlardan [Opera qo‘shimchalar](https://addons.opera.com/ru/extensions/) yoki [Chrome Web Store](https://chrome.google.com/webstore/category/extensions) (ular o‘z kengaytmalarini tekshiradi) kengaytmalarni o‘rnatish imkonini beradi. Brauzer boshqa manbalardan kengaytmalarni o‘chiradi, lekin foydalanuvchi ularni xavf-xatarlarini o‘z bo‘yniga olgan holda yoqishi mumkin.

- **Barcha kengaytmalar xavfsizligini tekshiradi** — ularni o‘rnatish jarayonida zararli kengaytmalarni bloklaydi va shubhalilarini tekshiruvga yuboradi. Agar shubhali kengaytma zararli bo‘lsa, u Brauzerni qayta ishga tushirishda bloklanadi. Brauzer zararli kengaytmalarni aniqlash uchun [mashinaviy o‘rganish](https://uz.wikipedia.org/wiki/Mashina_oʻrganuvi) algoritmlaridan foydalanadi. Buning yordamida zararli kengaytmalar [Opera Add-ons](https://addons.opera.com/ru/extensions/) yoki [Chrome Web Store](https://chrome.google.com/webstore/category/extensions) kataloglarida paydo bo‘lganidan keyin 1–3 kun ichida bloklanadi.

- **Kengaytmalarning haqiqiyligini tekshiradi**. Zararli DT foydali kengaytmalar fayllarini almashtirishi mumkin. Shuning uchun Brauzer vaqti-vaqti bilan o‘rnatilgan kengaytmalarni internet-do‘kondagi asl nusxalari bilan taqqoslaydi. Agar ular bir xil bo‘lmasa, Brauzer kengaytmani qayta o‘rnatishni yoki uni bloklashni taklif qiladi.
- **Kengaytmalarning sayt ma’lumotlariga kirishini cheklaydi**. Foydalanuvchi kengaytmaning ma’lumotlarni o‘qish va o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lgan saytlar ro‘yxatini cheklashi mumkin.

- **Kengaytmani foydalanuvchidan maxfiy ravishda o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi**. Brauzer kengaytmalarni reyestr kaliti orqali o‘rnatish imkoniyatini cheklaydi va **ExtensionInstallForcelist** korporativ siyosati orqali kengaytmalarni o‘rnatishni taqiqlaydi. Ushbu siyosat ko‘pincha zararli kengaytmalar dasturchilari tomonidan qo‘llaniladi, chunki foydalanuvchi uning yordami bilan o‘rnatilgan kengaytmani o‘chira olmaydi.

- **Kengaytmalar xizmat sahifasiga kirishini bloklaydi**. Foydalanuvchi har qanday kengaytma kirishi uchun ruxsat berilmaydigan `browser://tune` sahifasi orqali kengaytmalarni tekshiradi va o‘chiradi. Ilgari, ba’zi zararli kengaytmalar `chrome://extensions` xizmat sahifasini har safar foydalanuvchi uni ochishga harakat qilganda yopish orqali o‘zlarini o‘chirishga yo‘l qo‘ʻymas edi.


## Zararli kengaytmalarni bloklash {#bad-extension-blocking}

Kengaytmani o‘rnatishdan oldin, Brauzer uni maxsus ma’lumotlar bazasida saqlanadigan zararli kengaytmalar ro‘yxati bilan solishtiradi. Agar kengaytma ro‘yxatda bo‘lsa, Brauzer uni o‘rnatishni bloklaydi va bu haqida xabar beradi:

![](../_image/extensions-blacklist.png =1000x)

Bunday kengaytmani mustaqil ravishda o‘rnatish mumkin emas.

Agar foydalanuvchi kengaytmani o‘rnatganidan so‘ng, u ma’lumotlar bazasiga kirsa, Brauzer keyingi ishga tushirilganda uni bloklaydi.


## Ma’lumotlarga kirishni cheklash {#access-to-site}

Ko‘pgina kengaytmalar siz saytlarda kiritgan ma’lumotlardan foydalanadi.

O‘rnatish vaqtida kengaytma qanday ma’lumotlarga ega bo‘lishini ma’lum qiladi:

![](../_image/extension-access.png =500x)

Xavfsizlik uchun sayt ma’lumotlariga kengaytmaning kirishini nazorat qilishingiz mumkin:

1. [Aqlli satr](*smart-link) o‘ng tomonidagi [kengaytma belgisi](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/personalization/extension.md#icon)ni bosing. Agar belgi bo‘lmasa, uni [yoqing](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/personalization/extension.md#icon).

1. Menyu buyrug‘ini bajaring:

    - **Kengaytmani bosish vaqtida**. Kengaytma belgini bosgandan so‘ng saytga kiritiladi. U boshqa Brauzer yorliqlari va oynalariga kirish imkoniga ega bo‘lmaydi. Joriy yorliq yopilganda kengaytma o‘chadi. Uni qayta yoqish uchun belgini bosishingiz kerak bo‘ladi.
    - **&lt;joriy sayt&gt;:on**. Kengaytma joriy sayt ma’lumotlariga kirish imkonini qo‘lga kiritadi. `browser://extensions` sahifasida kengaytma mavjud bo‘lgan saytlar ro‘yxatini tahrirlash mumkin.
    - **Barcha saytlarda**. Kengaytma barcha saytlarda ma’lumotlarga kirish imkonini qo‘lga kiritadi.



## Tekshirilamagan kengaytmalarni o‘chirib qo‘yish {#extension-blocking}

Agar kengaytmalarni [Opera Add-ons](https://addons.opera.com/ru/extensions/) yoki [Chrome Web Store](https://chrome.google.com/webstore/category/extensions) do‘konlaridan o‘rnatmasangiz, Brauzer o‘rnatilgan kengaytmani darhol faolsizlantiradi hamda Brauzer qayta ishga tushirilganida bu haqda xabar beradi. Har safar ishga tushirilganda, Brauzer tekshirilmagan manbalardan kengaytmalarni o‘chirib, tekshirishni takrorlaydi.

#### Kengaytmani qanday yoqish mumkin

O‘chirilish haqidagi dialogda **Yoqish** ilovasini bosing. Bundan tashqari, [kengaytmani](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/personalization/extension.md#actions) quyidagi `browser://tune` xizmat sahifasida ham yoqishingiz mumkin.

![](../_image/extensions-blocking.png =500x)

{% note alert %}

Agar siz manbaga to‘liq ishongan bo‘lsangiz, kengaytmani yoqing. U zararli bo‘lishi mumkin. Brauzer zararli kengaytmalarni bloklaydi, lekin agar u hali qora ro‘yxatga tushmagan bo‘lsa, ma’lumotlaringiz xavf ostida qoladi. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi bo‘limga qarang [Zararli kengaytmalar nimasi bilan xavfli](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/check-extensions.md#bad-extensions).

{% endnote %}

Xavfsizlik maqsadida Brauzeringizni yopmaguningizga qadar kengaytma yoniq qoladi. Brauzerni qayta ishga tushirganingizda uni qayta yoqishingiz kerak bo‘ladi. Buning oldini olish uchun kengaytma dasturchilariga uni [Opera Add-ons](https://addons.opera.com/ru/extensions/) yoki [Chrome Web Store](https://chrome.google.com/webstore/category/extensions) internet do‘konlariga joylashtirishni so‘rab murojaat qiling.



#### Batafsil maʼlumot

- [Dasturchilarga: Brauzer kengaytmangizni o‘chiradi](#developers)


## Kengaytmalar haqiqiyligini tekshirish {#original-extension}

Ba’zan firibgarlar onlayn-do‘kondan o‘rnatilgan kengaytmani [zararlisiga](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/check-extensions.md#bad-extensions) almashtirishga harakat qilishadi. Brauzer vaqti-vaqti bilan o‘rnatilgan kengaytmalarni ularning internet do‘kondagi originallari bilan solishitadi (manba fayllarning [heshlari](https://ru.wikipedia.org/wiki/Хеш-функция) solishtiriladi). Kengaytma asl nusxaga mos kelmasa, Brauzer uni o‘chiradi va sizni ogohlantiradi.

![](../_image/identity-checking.png =500x)

Bunday holda:

- Agar kengaytirish kerak bo‘lsa, **Qayta tiklash**ni bosing va uning asl versiyasini onlayn-do‘kondan qayta tiklang.
- Agar kengaytma kerak bo‘lmasa, **O‘chirish**ni bosing.

Agar tashqi maydonni bosib oynani yopib qo‘ysangiz, kengaytma nofaol qoladi. Uni **Kengaytmalar** sahifasida [faolsizlantirish yoki qayta o‘rnatish](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/personalization/extension.md#actions) mumkin.


## Brauzer kengaytmangizni o‘chirib qo‘ymoqda {#developers}

Agar Brauzer siz yaratgan kengaytmani o‘chirib qo‘ysa, quyidagi usullardan biridan foydalaning.

#### Agar siz Chrome Web Store yoki Opera Add-ons onlayn-do‘koniga kengaytmani qo‘ymagan bo‘lsangiz
 
: Brauzerni har safar ishga tushirganingizda uni yoqing yoki kengaytmani onlayn do‘konga qo‘ying va u yerdan brauzerga o‘rnating.

#### Agar kengaytmani Chrome Web Store yoki Opera Add-ons Internet-do‘koniga joylashtirsangiz
 
: `manifest.json` faylida `update_url` maydoni qiymatini tekshiring. Yangilanish manbasiga to‘g’ri havolalar ko‘rinishi:

    #|
    ||**Do‘kon nomi** | **Kengaytmalarni yangilash uchun havola**||
    ||Chrome Web Store | `https://clients2.google.com/service/update2/crx/`||
    ||Opera Add-ons | `https://extension-updates.opera.com/api/omaha/update/`||
    |#


<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.