---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/en/security/card-protection.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/kk/security/card-protection.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/ru/security/card-protection.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/tr/security/card-protection.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/card-protection.md
  - href: uz/security/card-protection.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - Yandex brauzerda xavf haqida ogohlantirish.
  - Yandex brauzerning manzil satrida kulrang karta belgisi.
  - Yandex brauzerning manzil satrida qizil karta belgisi.
  - Yandex brauzerda karta himoyasini faolsizlantirish.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/llms.txt


<!-- source: uz/_includes/macOS.md -->
#|
||
**macOS foydalanuvchilariga**

MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz.

MacOS uchun brauzer [asosiy versiya Yordam sahifasida](https://yandex.uz/support/browser/uz/) tavsiflangan.
||
|#
<!-- endsource: uz/_includes/macOS.md -->

# Protect: to‘lov kartalari himoyasi

## Xavf haqida ogohlantirish {#off}

Yomon niyatli shaxslar hisobingizdan pul o‘g‘irlash uchun to‘lovga oid ma’lumotlaringizni (karta raqami, karta egasining ismi, amal qilish muddati va [CVV2](https://ru.wikipedia.org/wiki/CVV2)) olishga urinishi mumkin. To‘lov ma’lumotlari quyidagi hollarda xavf ostida bo‘lishi mumkin:

- yovuz niyatli shaxslar onlayn to‘lov shaklini saytga joylagan;
- to‘lov kartalaridan to‘lovni qabul qiluvchi sayt [HTTPS](https://uz.wikipedia.org/wiki/HTTPS) xavfsiz aloqa protokolidan foydalanmaydi;
- sayt [Yandex’ga noma’lum serifikatdan](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/untrusted-sertificates.md) foydalanmoqda;
- to‘lov shakli asosiy sayt emas, balki boshqa domenda joylashgan.

Brauzer to‘lov kartasi raqamini kiritishda ikki xil ogohlantirishni ko‘rsatishi mumkin:

- Ma’lumotlarni o‘g’irlash uchun aniq tahdid mavjud. Bunday holda [Aqlli satrda](*smart-link) belgisi paydo bo‘ladi ![](../_image/card-protection-icon-red.svg) va ogohlantirish oynasi ochiladi.
- Ma’lumotlarni o‘g’irlash uchun aniq tahdid yo‘q, ammo xavfsizlik muammosi mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday holda, Aqlli satrda &#160;![](../_image/card-protection-icon-grey.svg) belgisi paydo bo‘ladi.

Brauzer to‘lov kartasi raqamini kiritishda ikki xil ogohlantirishni ko‘rsatishi mumkin:

{% list tabs %}

- Ma’lumotlarni o‘g‘irlash tahdidi

  ![](../_image/card-dangerous.png)

- Potensial xavfsizlik muammosi

  ![](../_image/card-suspicious.png)

{% endlist %}

Muammo haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun Aqlli satrda karta belgisini bosing. Quyidagi xabarlardan birini ko‘rasiz:

#|
|| **Xabar** | **Bu nimani anglatadi** ||
||
Ishonchli shifrlashdan foydalanmaydigan **example.com** saytida **** karta raqamini kiritmoqdasiz. To‘lov ma’lumotlaringiz firibgarlar tomonidan tutib olinishi mumkin.
|
Yandex saytni shubhali deb hisoblaydi yoki to‘lov vaqtida sayt himoyalanmagan HTTP ulanishini ishlatadi.

To‘lovni bekor qiling, aks holda to‘lov ma’lumotlaringiz firibgarlar qo‘liga tushishi mumkin.
||

||
“Sertifikat nomi” bank kartangiz ma’lumotlarini ko‘rishi mumkin.
|
[Sayt sertifikati](https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D1%80%D1%82%D0%B8%D1%84%D0%B8%D0%BA%D0%B0%D1%82_%D0%BE%D1%82%D0%BA%D1%80%D1%8B%D1%82%D0%BE%D0%B3%D0%BE_%D0%BA%D0%BB%D1%8E%D1%87%D0%B0) Yandex kompaniyasiga notanish (sertifikat saytning haqiqiyligini tasdiqlaydi va ma’lumotlarni HTTPS yordamida shifrlashda qatnashadi).

[Sertifikatning kelib chiqishini tekshiring](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/untrusted-sertificates.md) va qaror qabul qiling, unga ishonasizmi yoki yo‘qmi.
||

||
Ushbu saytga ulanish shifrlanmagan, lekin kartangiz ma’lumotlari himoyalangan **example.com**ga yuboriladi.
|
To‘lov ma’lumotlarini kiritish shakli to‘lovni amalga oshiradigan saytda emas. Siz [fishing](https://yandex.uz/support/common/uz/security/phishing.html) sahifasiga duch kelgan bo‘lishingiz mumkin.

To‘lov ma’lumotlarini kiritish shakli joylashgan saytga ishonch bildirayotganingizdga ishonch hosil qiling.
||

||
Bank kartangiz ma’lumotlari boshqa himoyalangan **example.com** saytiga yo‘naltiriladi.
|
To‘lov ma’lumotlarini kiritish shakli to‘lovni amalga oshiradigan saytda emas. Siz [fishing](https://yandex.uz/support/common/security/phishing.html) sahifasiga duch kelgan boʻlishingiz mumkin.

To‘lov ma’lumotlarini kiritish shakli joylashgan saytga ishonch bildirayotganingizdga ishonch hosil qiling.
||
|#


## Karta himoyasini o‘chirib qo‘yish {#switch-off}

{% note alert %}

Brauzerda elektron xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, karta himoyasini o‘chirishni tavsiya etmaymiz.

{% endnote %}

Brauzerda to‘lov kartasi himoyasini o‘chirish uchun:

1. Yuqori oʻng burchakda **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** tugmasini bosing.

1. Sahifaning yuqori qismidagi **Xavfsizlik** varagʻini oching.
1. **Tahdidlarga qarshi himoya** bo‘limida **Bank kartalari antifishingi** parametrini faolsizlantiring.

[To‘lov kartalari](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/payment-card.md) orqali kartalardan foydalanish haqida batafsil bilib oling.



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.