---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/en/recommendation/review.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/kk/recommendation/review.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/ru/recommendation/review.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/recommendation/review.md
  - href: uz/recommendation/review.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - Yandex brauzer saytlaridagi sharhlar.
  - Yandex brauzeri sayti haqida shahr qoʻshish.
  - Yandex brauzer sayti sharhini oʻchirish.
  - Yandex brauzer saytlari haqida sharhlar qayerda?
  - Yandex brauzer saytlari haqidagi sharhlarni koʻrish.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/llms.txt


<!-- source: uz/_includes/macOS.md -->
#|
||
**macOS foydalanuvchilariga**

MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz.

MacOS uchun brauzer [asosiy versiya Yordam sahifasida](https://yandex.uz/support/browser/uz/) tavsiflangan.
||
|#
<!-- endsource: uz/_includes/macOS.md -->

# Saytlar haqidagi sharhlar

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Istalgan foydalanuvchi [Yandex Brauzer beta-versiyasida](https://browser.yandex.uz/beta/) sayt haqida sharh qoldirishi mumkin. Boshqa foydalanuvchilarga tanlovni oʻzgartirishda yordam beradigan fikr-mulohazalaringizni ulashishingiz mumkin.

## Sharhlarni ochish {#see-reviews}

1. [Aqlli satr](*smart-link) chap qismida [Ulanish holati](https://yandex.com.tr/support/browser-beta/uz/security/protect-panel.md#icons) ![](../_image/grey-lock.svg) belgisini bosing. Protect paneli ochiladi.

1. **Veb-sayt sharhlari** boʻlimida ![](../_image/review-icon2.png) belgisini bosing:
    - belgidagi raqam ushbu sayt haqidagi umumiy sharhar sonini koʻrsatadi;
    - rangli chiziqning yashil qismi — ijobiy taqrizlar soni;
    - rangli chiziqning qizil qismi — salbiy sharhlar soni.

Barcha sharhlarni koʻrib chiqish uchun pastga aylantiring. Bundan tashqari, fikr-mulohazalarni aloqadorlik, ommaboplik va yangiligi asosida tartiblash, hamda avval ijobiy yoki salbiy fikr-mulohazalarni aks ettirish mumkin.

<!-- ![](../_image/review.png) -->

## Sharhlar bilan ishlash {#review-actions}


{% cut "**Sharh qoldirish**" %}


1\. Chapdagi Aqlli satr ![](../_image/grey-lock.svg) tugmasini bosing va sharh belgisini tanlang.

2\. Yulduz soniga bosib, baho qoʻying. 1 yulduzdan 3 yulduzgacha boʻlgan baho qizil, 4 va 5 yulduz — yashil rangda belgilanadi.

3\. **Sharh qoldirish** tugmasini bosing.

4\. Saytdan olgan taassurotlaringizni yozing. [Sharh yaratishga oid tavsiyalarni](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/rules) hisobga oling.

5\.  **Sharh yuborish** tugmasini bosing.


{% endcut %}

{% cut "**Sharhni tahrirlash**" %}


1\. Saytni oching.

2\. Chapdagi Aqlli satr ![](../_image/grey-lock.svg) tugmasini bosing va sharh belgisini tanlang. Sizning sharhingiz roʻyxatda birinchi aks etadi.

3\. **![](../_image/review-icon.png)** → **Oʻzgartirish** tugmasini bosing. Sizning sharhlaringiz jamlangan [sahifa](https://yandex.uz/ugcpub/cabinet) ochiladi. Kerakli sharh sariq rang bilan ajratiladi.

4\. Sharh kartochkasida **Oʻzgartirish** ustiga bosing.

5\. Tuzatishlarni kiriting.

6\. **Sharhni saqlash** tugmasini bosing.


{% endcut %}

{% cut "**Sharhni olib tashlash**" %}


1\. Saytni oching.

2\. Chapdagi Aqlli satr ![](../_image/grey-lock.svg) tugmasini bosing va sharh belgisini tanlang. Sizning sharhingiz roʻyxatda birinchi aks etadi.

3\. **![](../_image/review-icon.png)** → **Oʻzgartirish** tugmasini bosing. Sizning sharhlaringiz jamlangan [sahifa](https://yandex.uz/ugcpub/cabinet) ochiladi. Kerakli sharh sariq rang bilan ajratiladi.

4\. Sharh kartochkasida **Oʻchirish** ustiga bosing.

5\. O‘chirish amalini tasdiqlang.


{% endcut %}

{% cut "**Sharhni baholash**" %}


1\. Chapdagi Aqlli satr ![](../_image/grey-lock.svg) tugmasini bosing va sharh belgisini tanlang.

2\. Kerakli sharh ostida ![](../_image/review-like-icon.png) yoki ![](../_image/review-dislike-icon.png) belgisini bosing.


{% endcut %}

{% cut "**Sharh ustidan shikoyat qilisg**" %}


Agar [qoidalarga](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/rules#rule) zid, masalan, kattalar kontenti yoki haqoratlardan iborat sharhni payqagan boʻlsangiz, [bizga yozing](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/anothertheme).


{% endcut %}



## Brauzerda sharhlarni faolsizlantirish {#review-off}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Agar Brauzerda saytlar haqidagi sharhlar aks etishini istamasangiz:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Interfeys** bandini bosing.


1. **Aqlli satr** boʻlimida **Veb-saytlarga sharhlarni chiqarish (sahifa manzilining chap tomonidagi belgi)** bandini faolsizlantiring.


## Sharhlaringiz haqida maʼlumotlarni boshqarish {#data}

Barcha sharhlaringiz Yandex serverlarida saqlanadi. Biz bu maʼlumotlarni ehtiyotkorlik bilan saqlaymiz: bizning barcha omborlarimiz [SOC 2](https://yandex.uz/support/id/uz/security/standard.html) standarti talablariga javob beradi — bu eng ishonchli xalqaro standartlardan biri.

<!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/p--page-personal-data.md -->
Shaxsiy ma’lumotlaringizni yuklab olish yoki oʻchirib tashlashingiz mumkin.
<!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/p--page-personal-data.md -->



{% list tabs %}

- Yuklab olish

  1. [Ma’lumotlarni boshqarish](https://passport.yandex.uz/profile/data) sahifasini oching va kerakli Yandex ID bilan kirganingizni tekshiring.
  1. **Xizmatlar** boʻlimida xizmat nomi (masalan, Brauzer) tugmasini bosing va keyin **Arxivga buyurtma** bandini bosing.

  Arxiv ochilganidan keyin Yandex sizga arxivni yuklab olish mumkin ekani haqida xabar yuboradi. Agar sizning Yandexda pochtangiz bo‘lmasa, yuklash holati haqidagi ma’lumotni faqat sahifadagi ma’lumot orqali bilishingiz mumkin.


  {% note info %}

  Arxiv parol bilan himoya qilinadi. Qanday qilib parolni olish va arxivni ochish haqida [Yandex ID](https://yandex.uz/support/id/uz/data.html) Yordam xizmatida oʻqib oling.

  {% endnote %}



- Olib tashlash

  1. [Ma’lumotlarni boshqarish](https://passport.yandex.uz/profile/data) sahifasini oching va kerakli Yandex ID bilan kirganingizni tekshiring.
  1. **Xizmatlar** boʻlimida xizmat nomi (masalan, Brauzer) tugmasini bosing. Yandex bu xizmat uchun saqlaydigan ma’lumotlar bor ro‘yxat ochiladi.
  1. O‘chirib tashlanadigan ma’lumotlarni tanlang va **Tanlanganlarni o‘chirish** tugmasini bosing.
  1. Ochilgan oynada **O‘chirib tashlash** tugmasini bosing.


  O‘chirilgandan keyin barcha ma’lumotlaringizdan foydalanish imkoniyatini yo‘qotasiz. Ayrim ma’lumotlarni Yandex hali bir muddat saqlab turadi, chunki bu [qonun talabidir](https://yandex.uz/support/id/uz/deleting-data.html).

{% endlist %}

#### Batafsil maʼlumot

- [Ma’lumotlarni boshqarish](https://yandex.uz/support/id/uz/data.html)

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.